CRM nima?
CRM (Customer Relationship Management) — mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi. Oddiy qilib aytganda, bu sizning barcha mijozlar, buyurtmalar va ishchilar haqidagi ma'lumotlarni bir joyda saqlovchi va boshqaruvchi dastur.
Gilam yuvish sehxi uchun CRM nima qiladi?
Gilam yuvish sehxiga moslashtirilgan CRM quyidagilarni bajaradi:
Buyurtma boshqaruvi
- →Yangi buyurtma qabul qilish (telefon, Telegram, sayt orqali)
- →Har bir buyurtmaning holatini kuzatish (yangi → qabul → yuvishda → tayyor → yetkazildi)
- →Mijozga avtomatik SMS/Telegram xabar jo'natish
GPS va transport
- →Shafyor harakatini real vaqtda ko'rish
- →Optimal marshrut tuzish
- →Yetkazib berish vaqtini hisoblash
Ishchilar va maosh
- →Har ishchi bajargan ishni qayd etish (kv.m)
- →Avtomatik maosh hisoblash
- →Avans va qarzdorlikni nazorat qilish
Moliya
- →Kunlik kirim-chiqim hisobi
- →Foyda-zarar tahlili
- →Qarzdor mijozlar ro'yxati
ERP va CRM farqi
Ko'pchilik "CRM" va "ERP" ni chalkashtirib yuboradi:
CRM — asosan mijozlar bilan munosabat (buyurtma, muloqot, xizmat)
ERP (Enterprise Resource Planning) — butun korxona resurslarini boshqarish (moliya, omborxona, ishchilar, transport)
Tartib CRM aslida CRM + ERP yechimi — gilam yuvish sehxi uchun kerak bo'lgan barcha funksiyalar bir joyda.
Kimga kerak?
- →Kichik sehx (1-3 shafyor): Tartib CRM buyurtmalarni tartibga keltiradi
- →O'rta sehx (4-10 shafyor): Transport va moliya nazorati muhim bo'ladi
- →Yirik sehx (10+ shafyor): To'liq avtomatlashtirish zarur
Qancha tejaydi?
Tajribali sehx egalari hisob-kitobiga ko'ra:
- →Dispetcher vaqtini 60% qisqartiradi
- →Maosh hisoblashda 95% xatolik kamayadi
- →Yonilg'i xarajati 20-30% kamayadi (marshrut optimizatsiyasi tufayli)
Xulosa
Gilam yuvish CRM — bu nafaqat "dastur", balki sizning biznesingizni sistemalashtiradigan yechim. 14 kunlik bepul sinov bilan bugun Tartib CRM ni ko'rib chiqing.